Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Moskva-Siti»ning 86-qavatidan yosh qiz pastga tushib ketdi

«Moskva-Siti»ning 86-qavatidan yosh qiz pastga tushib ketdi

Foto: «Vesti»

11-iyun kechki payt Rossiya poytaxtidagi «Moskva-Siti» majmuasida noxush voqea yuz berdi: «Yevraziya» binosining 86-qavatida joylashgan tomosha maydonidan yosh qiz pastga tushib ketgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«112» telegram-kanali xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan 21 yoshli qiz qozog‘istonlik bo‘lgan. Moskvalik tergovchilar fojiali hodisa sabab va holatlarini o‘rganishni boshlagani, tergovgacha surishtirish boshlangani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring