Mobil telefon ixtirochisi hozir qanday smartfon ishlatishi haqida gapirdi
Mobil telefon ixtirochisi, 94 yoshli Martin Kuper har yili yangi iPhone sotib olishini aytdi.
Mobil telefonda birinchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan muhandis Martin Kuper zamonaviy smartfonlarni tavsiflab berdi.
OAVga bergan intervyusida Kuper smartfonlar va yangi texnologiyalarga ishtiyoqi borligini tan oldi. Muhandis o‘zining iPhone va Apple soati borligini aytdi. Mutaxassisning fikricha, smartfon sanoati doimiy rivojlanib bormoqda.
Martin Kuperga ko‘ra, kelajakda qurilmalar insoniyat uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Masalan, ular kasalliklarni oldini olish va davolash imkonini beradi. «Birinchi telefon shu qadar og‘ir ediki, uni 25 daqiqadan ko‘proq ushlab turib bo‘lmasdi», xotirlaydi u.
Shu bilan birga, uning fikricha, odamlar gadjetlarga haddan tashqari berlib ketishgan va undan mas’uliyat bilan foydalanishni o‘rganishlari kerak. «Ko‘chani kesib o‘tayotgan va telefoniga qaragan odamni ko‘rganimda, dahshatga tushaman», deydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter