Mixail Mishustinning soati va Dmitriy Sergeyevich...
BBC qiziq bir faktni keltirmoqda.
Rossiya Federatsiyasining yangi bosh vaziri Mixail Mishustinni 2013-yili Shveysariyada ishlab chiqarilgan «Zenith Elite Ultra Thin» soatiga o‘xshash soatda suratga olishgan ekan. O‘shanda bu soatning narxi 180 ming rubl atrofida bo‘lgan.
Oradan ikki yil o‘tib, Mishustinda yangi soat paydo bo‘ldi — shveysariyaliklarning «Tag Heuer Carrera Calibre 6 Heritage»siga juda o‘xshash. Bu soatni hozir 193 ming rublga sotib olsa bo‘ladi.
Taqqoslash uchun: rus muxolifatchisi Aleksey Navalniy RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Sergeyevich Peskov taqib yurgan soatni («Richard Mille») 37 mln. rublgacha baholagandi. Bu soatning puliga Mishustinning soatidan 192 tasini beradi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter