Misrda «YouTube» bir oyga bloklanadi
Misr Ma’muriy sudi quyi instansiyaning «YouTube» videoxostingini musulmonlarning qadriyatlarini tahqirlagani uchun bir oy muddatga bloklash haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq advokat Muhammad Salom sudga «YouTube» videoxostingi payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamni tahqirlagan videoni namoyish qilgani uchun uni bloklanishi so‘rab sudga murojaat qilgan edi.
Advokat, shuningdek, mamlakatda dinlararo nizolarni keltirib chiqadigan materiallarni namoyish qiladigan har qanday tarmoq faoliyatini taqiqlanishi talab qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Misrda «YouTube» bir oyga blokirovka qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter