Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda 3682 nafar mahbus afv etildi

Misrda 3682 nafar mahbus afv etildi

Foto: «Haber7.com»

Misr va Suriyaning 1973 yil 6 oktyabr kuni Isroilga qarshi ochgan «Yom Kippur» urushiga 45 yil to‘lishi munosabati bilan Misrda 718 nafari shartli, jami 3682 mahbus ozod etildi. Bu haqda «Haber7.com» nashri xabar bermoqda.

Misrning «al-Ahrom» gazetasi xabariga ko‘ra, qamoqxonalar bo‘yicha mas’ul Ichki ishlar vaziri muovini, general Zakariyo al-G‘amriy ham ushbu xabarni tasdiqlagan.

Mahkumlarning 718 nafari shartli, 2068 nafari prezident afvi bilan ozod etilgan. 896 nafari esa ma’muriy jazo olgani tufayli hibsga olingan.

Misrda bugun «Yom Kippur» urushining 45 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar uyushtirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring