Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr ehromlaridagi oltin o‘g‘risi «aybini tan oldi»

Misr ehromlaridagi oltin o‘g‘risi «aybini tan oldi»

Foto: «1zoom.ru»

«Rambler»ning yozishicha, Misr ehromlari sirlaridan biri 3 ming yillik hujjat yordamida fosh etildi. Bu haqda tarixiy ko‘rsatuvlarning birida tarixchi Bettani Xyuz ma’lum qildi.

Topilma nima uchun misrliklar birdan fir’avnlar va ularning oila a’zolarini ehromlarga emas, maqbaralar uchun ajratilgan maxsus «Hukmdorlar vodiysi» darasiga dafn etishga tushganini anglashga yordam berdi.

Olimlar sud ishiga oid qadimiy hujjatni topishdi. Unda taxminan 3 ming yil muqaddam sodir bo‘lgan o‘g‘rilik bo‘yicha tergov qayd etilgan. Ekspertlar Sebekemsaf II maqbarasiga bostirib kirgan o‘g‘rining «e’tirofi»ni rasshifrovka qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rini sag‘anada saqlanayotgan oltin o‘ziga jalb etgan. Chunki tillani eritish va shu yo‘l bilan jinoyat izlarini yashirish oson bo‘lgan.

Tarixchilar fikricha, aynan daxmalarni tunay boshlagan bosqinchilar misrliklarni fir’avnlarni ehromlarga dafn etmaslikka majbur qilgan. Olimlar sag‘analardagi ko‘pgina buyumlar talon-taroj va umrbod g‘oyib bo‘lganidan qattiq afsusda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring