Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tereza Mey Makron bilan uchrashuvga ketayotib avtohalokatga uchradi

Tereza Mey Makron bilan uchrashuvga ketayotib avtohalokatga uchradi

Foto: «Global Look Press»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvga ketayotib avtohalokatga uchradi. Hukumat rahbari jarohatlanmagan, deya xabar berdi «Express» britan nashri.

Delegatsiyani ikkita politsiya mototsikli kuzatib borayotgan edi. Ulardan biri avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Jarohatlangan politsiyachilar kasalxonaga yotqizilgan.

Kortejda, shuningdek, Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel ham bo‘lgan.

Belgiyalik siyosatchining vakiliga ko‘ra, bu baxtsiz hodisa bo‘lgan. Politsiya esa hali bu borada rasmiy bayonot bermagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring