Mesut O‘zil vazir etib tayinlanishi mumkin
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng turk OAVlari futbolchi Mesut O‘zil mamlakat sport vaziri lavozimiga tayinlanishini taxmin qilishmoqda.
Mesut O‘zil prezident Erdo‘g‘onning eng mashhur tarafdori. O‘zil so‘nggi ovoz berish natijalaridan xursand bo‘lib, Erdo‘g‘onni tabriklab, ijtimoiy tarmoqlarida «Xudoga shukur» deb yozdi.
Germaniyaning Bild nashri bu O‘zilning Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlagan birinchi bayonoti emasligini yozdi. O‘zil bir necha bor intervyularida Erdo‘g‘onni maqtagan, Turkiya prezidenti esa o‘z navbatida 2019 yilda futbolchining to‘yida mehmon bo‘lgan.
Endi turk matbuoti O‘zil Erdo‘g‘on hukumatida sport vaziri lavozimini egallashi mumkinligi haqida yozmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter