Meksikada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Meksikaning markaziy qismida 5,8 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yer silkinishining markazi Puebla shtati bo‘lgan. Zilzila poytaxt Mexiko shahrida ham sezilgan.
«Reuters» axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli poytaxt Mexiko shahridagi binolarga shikast yetgan. Odamlar vahima bilan ko‘chaga chiqishgan.
Zilzila yerning 10 kilometr chuqurligida sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter