Meksika Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador mamlakat tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsenaga Ekvador bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida ko‘rsatma berdi. Tegishli xabar siyosatchining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
«Men TIV rahbariga Meksika hukumati va Ekvador o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar to‘xtatilganini e’lon qilishni topshirdim», deb yozdi Meksika prezidenti.
5-aprel kuni Obradorning 2023-yilgi saylovlar oldidan Ekvadordagi vaziyat haqidagi bayonotlari tufayli Kito Meksika elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi, shuningdek, uni persona non grata deb e’lon qildi.
Meksikaning Ekvador bilan munosabatlarini uzish qarori Ekvador politsiyasi Meksika elchixonasiga majburan kirib, qochqin maqomida bo‘lgan va siyosiy ta’qiblar tufayli boshpana so‘ragan Ekvador sobiq vitse-prezidentini hibsga olganidan keyin qabul qilingan.
Lopes Obrador voqeani xalqaro huquq va Meksika suverenitetini qo‘pol ravishda buzish deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter