Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi

Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi

Foto: «English.alarabiya.net»

Nyu-Dehlida politsiya maymunlarga o‘tkinchi yo‘lovchilardan narsa o‘g‘irlashni o‘rgatayotgan ikki kishini hibsga oldi. Velorikshada o‘g‘irlikka duch kelgan mahalliy advokat firibgarlarga qarshi ariza yozgan, deya xabar bermoqda Al Arabiya.

Ta’kidlanishicha, huquqshunos kompaniyalardan biridan rikshada ketayotganda jonivorlar qanday qilib cho‘ntagidan olti ming rupiyasini o‘g‘irlaganini payqab qolgan. So‘ngra maymunlar bilan birga erkaklar qochib ketishayotganini ko‘rib qolgan.

Huquq-tartibot idoralari ulardan ikkitasini avtobus bekatida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchinchi jinoyatchi qochishga ulgurdi. Shundan so‘ng maymunlar hayvonlarni qutqarish markaziga yuborildi.

Politsiya bunday to‘dalarni mamlakatdagi boshqa o‘g‘irlik holatlari bilan bog‘laydi. Masalan, o‘tgan yili mamlakat shimolidagi Meratx shahrida jinoyatchilar tibbiyot xodimiga hujum qilib, koronavirus aniqlangan bemorlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring