Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Pompeo: «Rossiya — AQShning dushmanlari ro‘yxatida bor»

Mayk Pompeo: «Rossiya — AQShning dushmanlari ro‘yxatida bor»

Foto: «LIGA.net»

Rossiya Federatsiyasi — Amerika Qo‘shma Shtatlarining dushmanlari ro‘yxatida mavjud. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Mark Levinning radioshousidagi intervyusida shunday bayonot berdi.

Pompeo aytishicha, «AQShning dushmani kim» deb undan ko‘p so‘rashadi. Amerikacha hayot tarzi, «bizning respublika», uning demokratik tamoyillarini kunpayakun qilishni istovchilar ko‘p. Bu ro‘yxatda Rossiya ham bor» — Pompeodan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti».

Yaqinda uyushtirilgan kiberhujumlar ortida Rossiyaning qo‘li borligi haqida OAVda xabarlar tarqaganini ham Pompeo eslab o‘tdi.

Amerikalik siyosatchi Rossiya rahbariyatini «ozodlikni sevuvchilar uchun real xavf» deya ta’rifladi. Pompeo qo‘shimcha qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonidan xavfni istisno qilmagan holda, shaxsan o‘zi Xitoyni AQSh uchun muhimroq, «ekzistensial» xavf uyg‘otuvchi sanaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring