Mavritaniya sohillarida fojia yuz berdi
Mavritaniya sohillarida bortida 40 nafar muhojir bo‘lgani taxmin qilinayotgan kema cho‘kib ketgan. Bu haqda BMTning qochoqlar bo‘yicha oliy komissarligi idorasi vakili Charli Yaksli ma’lum qilgan.
«Mavritaniya sohillarida kema halokati bilan bog‘liq fojiali xabar. Taxminlarga qaraganda, uning bortida 40 tacha odam bo‘lgan», — deya «Twitter»da xabar bergan BMTning Afrika, Yaqin Sharq va O‘rtayer dengizi mamlakatlaridagi maxsus idora vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter