Nega dunyoda tug‘ilish kamayib ketdi — BMT sabablarni keltirdi

BMT jahonda tug‘ilish keskin kamayib ketganini qayd etib, asosiy sabablarini keltirdi.
Hisobot 14 mamlakatda 14 mingga yaqin odam qatnashgan so‘rovga asoslangan. Bular qatorida sayyoramizning uchdan bir aholisi yashovchi Hindiston, AQSh, Germaniya, Braziliya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar ham bor.
Respondentlar asosan pul topish mashaqqatlari, doimiy ish yo‘qligi, uy-joy muammosi, kelajakka ishonchsizlik va (oilaviy) sherikning yo‘qligidan shikoyat qilishgan. Bu omillar iqtisodiy mavhumlik va ijtimoiy me’yorlar bilan yanada kuchaymoqda, deyiladi hisobotda.
BMT aholi jamg‘armasi rahbari Nataliya Kanem ta’kidlashicha, ko‘plar oila qurishni istaydi, ammo sharoitga ega emas. Muammo ota-onalikni istamaslikda emas, balki tanlov imkoni yo‘qligida.
Tashkilot hisobotga ko‘ra, tug‘ilish kamayib ketishiga asosiy sabablar quyidagilar:
- qatnashchilarning yarmidan ko‘pi oila qurish va farzand ko‘rish uchun asosiy to‘siq pul yetishmasligida deb hisoblaydi;
- har uchinchi ayol rejalashtirilmagan homiladorlikni boshdan o‘tkazgan;
- 50 yoshdan oshganlarning 40 foizi uchun «ota-onalik rejasi» armon bo‘lib qolgan;
- respondentlarning 11 foizi oilaga qo‘shilayotgan hissa teng taqsimlanmasligini muammo deb hisoblaydi.
Shuncha to‘siqlarga qaramasdan, ko‘plar farzandli bo‘lishni istaydi. So‘rovda qatnashgan ayollarning 38 foizi, erkaklarning 35 foizi ikki nafardan, 15 foizi uch nafardan farzandi bo‘lishini orzu qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter