Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mask: «Amerika bankrot bo‘lmoqda»

Mask: «Amerika bankrot bo‘lmoqda»

Foto: Yahoo Finance

Amerikalik milliarder, Tesla rahbari va SpaceX asoschisi Ilon Mask AQShning davlat qarzi Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti uchun o‘ta og‘riqli muammoga aylanib borayotganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

«Aytgancha, Amerika bankrot bo‘lmoqda», — deya tashxis qo‘ydi Mask.

U Dogecoin kriptovalyutasi hamasoschisi Billi Markusning postiga shunday munosabat bildirdi. Markusning posti «Bu yil AQShning davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlari 1 140 000 000 000 dollarni tashkil etadi, bu yig‘ilgan jami daromad solig‘ining 76 foiziga teng» sarlavhali maqolaning skrinshotidan iborat edi.

Mask zaharxandasi bilan o‘zi to‘lagan daromad solig‘ining to‘rtdan uch qismi «hukumatning o‘tmishdagi noqobilligi mevasi bo‘lgan foizlar singari muhim maqsadlar»ga sarflanayotganidan «xursand» ekanini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring