Marburg virusini yuqtirgan bola vafot etdi
JSST matbuot xizmati Marburg virusini yuqtirgan ganalik bola vafot etgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Gana sog‘liqni saqlash xizmati mamlakat hududida Marburg virusini yuqtirish bo‘yicha ikkita holat aniqlanganini ma’lum qilgandi. Ebola virusi kabi faloviruslar oilasiga mansub Marburg virusi (MARV) gemorragik bezgakka sababchi bo‘ladi.
Virus o‘ta yuqumli, unga qarshi bironta vaksina va dori ishlab chiqarilmagan. Ushbu virusdan o‘lim ehtimolini JSST salkam 50 foizga baholagan, biroq oldingi virus o‘choqlari borasidagi tajribalar o‘lim ehtimoli 24–88 foiz chegarasida bo‘lishi mumkinligini tasdiqlamoqda.
Marburg virusining asosiy tashuvchisi — Misr ko‘rshapalaklari, biroq maymunlar ham tashuvchiga aylanishi mumkin, virus ilk marotaba odamlarga aynan maymunlar orqali o‘tgan.
Kasallik hayvonlarda simptomlarsiz kechadi, odamlarda esa virus jigar, oshqozon-ichak yo‘li, markaziy nerv tizimini ishdan chiqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter