Maqtaaraldagi suv bosgan hududlardan 31 mingdan ortiq inson ko‘chirildi
Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida O‘zbekistondan o‘tib borgan suv (Sardoba suv ombori) bosgan aholi maskanlaridan (jumladan, tuman markazi Mirzakentdan) 31606 kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda «Zakon.kz» yozmoqda.
Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 4-may sanasiga kelib jami 631 ta uy suv ostida qoldi: Jana-Turmis (46), Jenis (130), Firdavsiy (250), O‘rgebasi (194), Dostiq (11).
Atakent aholi maskanida 24 ta evakuatsiya punkti tashkil etilgan. Qutqaruv ishlariga 986 kishi, 4 ta qayiq va 180 ta boshqa texnika jalb etilgani aytilmoqda.
Qolaversa, ko‘p sonli chorva mollari ham xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter