Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malilik qochoqqa Fransiya fuqaroligi berildi

Malilik qochoqqa Fransiya fuqaroligi berildi

Parij shahrida ko‘p qavatli uyning 4-qavatidagi balkonda osilib qolgan bolani qutqargan malilik qochoq Fransiya fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Bolaning balkonda osilib turganni ko‘rgan Mamudu Gassama darhol binoga tirmashib, balkondagi bolani qutqarib qoldi. Tomoshabinlar voqeani tasvirga tushirib ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Malilik qahramon yigitga mukofot berish taklif qilindi. Kecha «O‘rgimchak odam»ni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida qabul qilib, unga medal va sertifikat topshirdi.

Mamudu Gassamaga tashakkur aytgan prezident uni Fransiya fuqaroligiga qabul qilishini hamda o‘t o‘chirish guruhiga ishga olinganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring