Malida yuk mashinasi daryoga quladi: qurbonlar ko‘p
G‘arbiy Afrika davlati Malida yuk mashinasi daryoga qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
Hukumatning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, Mopti shahrida harakatlanayotgan yuk mashinasi daryoga qulagan. Buning oqibati da 20 kishi halok bo‘lgan, 63 kishi esa qutqarilgan.
Voqeaga transport vositasining texnik nosozligi sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter