«Oshiq qirol»ga voris topildi
Paxang shtati sultoni 24-yanvar kuni Malayziya qiroli taxtiga o‘tiradi, deb xabar bermoqda «The Straits Times». Oldingi qirol Muhammad V mamlakat tarixida birinchi marta tojdan voz kechgan edi.
Manbaga ko‘ra, 88 yoshli sulton Ahmadshoh salomatligi to‘g‘ri kelmasligi bois taxtga da’vorgarlik qilmaydi — munosib nomzod sifatida uning 59 yoshli o‘g‘li Tengka Abdulla ko‘rilmoqda.
Malayziya qiroli hukmdorlar milliy kengashi tomonidan besh yilga saylanadi.
Muhammad V 2016-yili qirol bo‘lgandi va 2021-yilgacha taxtda o‘tirishi kerak edi. Ammo uning sobiq «Moskva go‘zali» Oksana Voyevodina bilan nikohi boshqa sultonlarga yoqmadi. Chorasiz qirol saltanatni emas, muhabbatni tanladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter