Malayziyada operatsiya qilingan bemorning tomog‘idan tirik hasharot chiqdi
Malayziyalik shifokorlar bemorning qulog‘iga kirib ketgan hasharotni noyob operatsiya orqali olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi «Skynewsarabia.som» sayti.
Bemor qulog‘idan shikoyat qilib shifokorga murojaat qilgan. Shifokor uning qulog‘ini tekshirib ko‘rib, unda hasharot borligini aniqlagan. Bemor tezda operatsiya qilinib, hasharot maxsus asbob bilan uning tomog‘idan olib tashlangan.
Quloqqa kirib ketgan hasharot bir necha kun o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan tirik bo‘lgan. Shifokorlar bu operatsiyani juda noyob deb atamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter