Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziyada operatsiya qilingan bemorning tomog‘idan tirik hasharot chiqdi

Malayziyada operatsiya qilingan bemorning tomog‘idan tirik hasharot chiqdi

Malayziyalik shifokorlar bemorning qulog‘iga kirib ketgan hasharotni noyob operatsiya orqali olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi «Skynewsarabia.som» sayti.

Bemor qulog‘idan shikoyat qilib shifokorga murojaat qilgan. Shifokor uning qulog‘ini tekshirib ko‘rib, unda hasharot borligini aniqlagan. Bemor tezda operatsiya qilinib, hasharot maxsus asbob bilan uning tomog‘idan olib tashlangan.

Quloqqa kirib ketgan hasharot bir necha kun o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan tirik bo‘lgan. Shifokorlar bu operatsiyani juda noyob deb atamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring