Makronning ikkinchi muddat besh yillik prezidentlik davri boshlandi
Fransiyaning ikkinchi marta saylangan prezidenti Emmanuel Makron bugun, 7-may kuni davlat rahbari sifatida vakolatlarini bajarishga kirishdi. Inauguratsiya marosimi Yelisey saroyida o‘tkazildi, deb xabar berdi BFMTV telekanali.
Fransiya Konstitutsion kengashi raisi Loran Fabius avval e’lon qilingan Makron 58 foiz ovoz to‘plagan kkkinchi tur prezidentlik saylovining rasmiy natijalarini takror o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng Makronni Faxriy legion ordenining Buyuk magistri deya e’lon qilishdi: shu ondan uning ikkinchi muddat besh yillik prezidentlik davri boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter