Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko Zelenskiy bilan munosabatlari qanday ekanini aytdi

Lukashenko Zelenskiy bilan munosabatlari qanday ekanini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan aloqalari haqidagi savolga javob berdi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda u Ukraina prezidenti bilan aloqa qilishning faqat bitta imkoniyatiga ega.

«Kichik o‘g‘limda (Nikolay Lukashenko) Zelenskiyning telefoni bor, Kiyev bilan boshqa kanallar yo‘q. Biz u bilan munosabatlarni davom ettirmayapmiz», deb tushuntirdi Lukashenko OAV vakillari bilan uchrashuvda.

Shuningdek, u Zelenskiy bilan munosabatlarning bunday ekaniga Belarus aybdor emasligini iddao qilgan. 

2022-yil fevral oyi oxirida Rossiya hujumi boshlanishi bilan Ukraina va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta yomonlashdi. Xususan, rasmiy Kiyev Belarus tomonini Ukraina hududiga hujumlar tayyorlashda aybladi.

Ammo Minsk tomoni ayblovlarni rad etib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring