Lukashenko va Putin telefon orqali KXShTning bo‘lajak yig‘ilishini muhokama qildi
Kecha, 8-noyabr kuni Belarus va Rossiya prezidentlari Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin telefon orqali Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining Yerevanda bo‘lajak yig‘ilishini muhokama qildi.
Davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbatning yana bir mavzusi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilayotgani bo‘ldi.
Bundan tashqari, tomonlar yil oxirigacha bo‘lgan uchrashuvlar jadvalini muhokama qilishgan.
Ma’lumot uchun, KXShTning Yerevanda yig‘ilishi 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter