Lukashenko Ukraina bilan chegarani yopishni buyurdi
Prezident Aleksandr Lukashenko Ukraina bilan chegarani yopishni buyurdi. «BelTA» xabariga ko‘ra, janubdagi qo‘shni davlat bilan chegaralar yopilayotgani haqida prezident Belarus mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’lum qilgan:
«Ukrainadan Belarusga katta miqdorda qurol-yarog‘ kirib kelyapti. Shuning uchun ham chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegaralarni to‘liq yopishni buyurdim».
Nikolay Avtuxovich boshchiligidan terrorchilar guruhi Ukrainadan «tonnalab» qurol olib kirgani haqida Lukashenko bir muddat avval bayonot bergandi. Bunga Kiyev «Ukraina qurollari» — Lukashenkoning belarus xalqini qo‘rqitish siyosatidagi navbatdagi «cho‘pchak», deya javob bergandi.
Belarus prezidenti mamlakatda Germaniya, Ukraina, AQSh, Polsha va Litvaga aloqador «uyqudagi» terrorchi guruhlar fosh etilganinini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter