Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotin Amerikasining yetti mamlakati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoraladi

Lotin Amerikasining yetti mamlakati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoraladi

Foto: «Korrespondent»

Lotin Amerikasining yetti mamlakati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni Ekvadordagi barqarorlikni izdan chiqarishga urinishda ayblamoqda. Bu haqda yuqoridagi mamlakatlar nomidan qilgan chiqishida Peru tashqi ishlar vaziri ta’kidladi.

Yetti mamlakat — Peru, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Salvador, Gvatemala va Paragvay. Ushbu mamlakatlar vakillari bir ovozdan Maduroni qoralab, Ekvadorning amaldagi prezidenti Lenin Morenoni qo‘llab-quvvatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Ekvador prezidenti Lenin Moreno venesuelalik hamkasbini hamda sobiq prezident Rafael Korreani mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinishda ayblagandi. Korrea ommaviy namoyishlarni tashkil etishga daxldorligini inkor etdi, Maduro esa Ekvadordagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha aybni Xalqaro valyuta jamg‘armasiga to‘nkagan.

Ma’lumot uchun: Ekvadorda namoyishlar yonilg‘i narxining keskin oshib ketishi ortidan paydo bo‘lgandi. Tartibsizliklar shu darajaga chiqdiki, mamlakat prezidenti 60 kunlik favqulodda holat e’lon qilib, Germaniyaga uch kunlik tashrifini qoldirdi.

Eng katta norozilik namoyishi, bugun, 9 oktyabr kuni poytaxt Kitoda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shu paytgacha 477 kishi hibsga olingan, 1 kishi halok bo‘lgan, 77 kishi jarohat olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring