London aeroportida noqonuniy olib o‘tilayotgan 50 ta timsoh topildi
Buyuk Britaniya chegarachilari Londonning Xitrou aeroportida Malayziyadan noqonuniy olib kirilayotgan 50 ta timsohni aniqlashdi. Bu haqda «AiF» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bir yoshli timsoh bolalari Kembrijga yaqin bo‘lgan fermalardan biriga ko‘paytirish va taomlar tayyorlash uchun yetkazilishi kerak bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, har biriga to‘rttadan timsoh joylanishi kerak bo‘lgan beshta konteynerda 50 ta reptiliya bo‘lgan va parvoz paytida ular bir-birlariga hujum qila boshlagan.
Chegara xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra, timsohlardan biri o‘lgan, boshqalari vataniga qaytariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter