Litva Tixanovskayani Belarusga topshirishdan bosh tortdi
Litva hukumati Belarus Bosh prokuraturasining Svetlana Tixanovskayani ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi talabiga rad javob qaytardi, deydi mahkama rahbari Andrey Shved.
«Biz tegishli hujjatlarni jo‘natdik va jo‘natayapmiz. Hozircha biz fuqaro Tixanovskayani olib ketilishiga qo‘yilgan taqiqqa hech qanday reaksiyani kuzatmadik. Haqiqatan ham, hujjatlar Litva uni ekstraditsiya qilishdan bosh tortganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda tasdiqlashim mumkin», — degan Bosh prokuror «Belarus 1» telekanali efirida.
Shvedning ta’kidlashicha, rasmiylar «ushbu jinoyatchilarni Belarus sudiga topshirish uchun barcha qonuniy choralarni ko‘rmoqda».
Tixanovskaya — Belarus muxolif siyosatchisi Sergey Tixanovskiyning rafiqasi. Tixanovskiy 2020 yil may oyidan beri qamoqda qolmoqda. Hibsga olingandan so‘ng, uning rafiqasi prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygandi. Belarus Markaziy saylov komissiyasining rasmiy natijalariga ko‘ra, u 10,12 foiz ovoz to‘plashga erishgan. Biroq, muxolifat hamon Tixanovskayani g‘olib deb biladi.
Litvaga jo‘nab ketgan sobiq nomzodni Belarus hukumati terroristik harakatlarga aloqador shaxslar ro‘yxatiga qo‘shgan.
Avvalroq Svetlana Tixanovskaya respublika prezidenti Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikdan iste’foga chiqqan taqdirda shaxsiy xavfsizligi kafolatlanishini aytib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter