Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml Ramzan Qodirov o‘g‘lining harakatlariga munosabat bildirdi

Kreml Ramzan Qodirov o‘g‘lining harakatlariga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qur’on kitobini yoqishda ayblanayotgan shaxsni kaltaklagan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li voqeasiga izoh berishdan bosh tortdi.

«Men xohlamayman», degan Peskov hodisaga izoh berishi haqidagi savolga javoban.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni urgani aks etgan videoni tarqatgandi.

Checheniston rahbari o‘g‘lining harakatini ma’qullab, «urdi va to‘g‘ri ish qildi. Qolaversa, har qanday muqaddas kitobga tajovuz qilgan, jumladan, uni ko‘rgazmali ravishda yoqib yuborgan va bu orqali katta mamlakatimizning o‘n millionlab fuqarolarini tahqirlagan har bir kishi qattiq jazolanishi kerak, deb hisoblayman», — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring