Kosta-Rikada 6,1 balli zilzila yuz berdi
Kosta-Rikada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Yer osti silkinishlar Panama bilan chegaraga yaqin yerda, Golfito shahridan 17 km. uzoqlikda kuzatilgan. Tabiiy ofat o‘chog‘i 15,9 km. chuqurlikda joylashgan.
Aytilishicha, birinchi silkinishdan 20 daqiqadan so‘ng uncha uzoq bo‘lmagan hududda yana bir 4,6 magnitudali zilzila ro‘y bergan
Jabrlanganlar va talofotlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter