Har 40 soniyada bir inson o‘z joniga qasd qilmoqda: koronavirusning ruhiyatga salbiy ta’siri
Koronavirus sayyoramizdagi millionlab insonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir qildi. Jenevada o‘tgan brifingda JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ushbu muammoga alohida to‘xtaldi.
«COVID-19 millionlab kishilar ruhiy salomatligiga zarba bo‘ldi, odamlar qo‘rquv va tashvishga tushib qolishdi. Uzoq davom etgan karantin davrida o‘zaro aloqalarning uzilib qolishi asoratlarini qoldirdi», — ta’kidladi Gebreyesus.
Tashkilot rahbari keltirgan raqamlar ancha tashvishli: qariyb 1 milliard kishi (!) turli og‘irlikdagi ruhiy zo‘riqishlar bilan yashayapti, bunga chiday olmaganlar-chi: har 40 soniyada bir inson o‘z joniga qasd qilmoqda.
Shu muammolarni sanab o‘tgan bosh direktor ruhiy yordam xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro ruhiy salomatlik kuniga bag‘ishlab 10-oktyabr kuni xalqaro onlayn-forum o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter