Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan ispan shifoxonaga o‘t qo‘ydi

Koronavirusga chalingan ispan shifoxonaga o‘t qo‘ydi

Foto: «Ridus.ru»

Koronavirusga chalingan bemor Ispaniyaning Kadis shahridagi shifoxonaga o‘t qo‘ydi. Bu haqda «Diario de Cadiz» xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, erkak uni qo‘yib yuborishlarini talab qilgan. Rad etilganidan keyin esa spirtli dezinfeksiyalovchi gelni qo‘lga kiritib, matrasni yoqib yuborgan. Yong‘in shifoxonaning oltinchi qavatida joylashgan ikkita palataning kulini ko‘kka sovurgan.

Xodimlar bemorlarni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Hech kim jarohat olmagan, jinoyatchi hibsga olindi.

Yong‘in tufayli shifoxonaning uchta qavati yaroqsiz holga keldi. Shaharning boshqa shifoxonalari va mahalliy maktab kerak bo‘lib qolganda bemorlarni yotqizishni taklif qilishdi. Ammo zarar ko‘rgan klinikaning rahbariyati vaziyatni o‘zlari hal qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring