Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan vafot etgan ayol Iroq parlamentiga saylandi

Koronavirusdan vafot etgan ayol Iroq parlamentiga saylandi

Bag‘dodda yashovchi Ansam Manuel Iroq parlamentiga saylandi, ammo u qariyb ikki oy oldin koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga asoslanib, RIA Novosti ma’lum qildi.

Ansam Manuel poytaxt okrugidan mustaqil nomzod sifatida qatnashgan va ikki mingdan ziyod odamning qo‘llab -quvvatlashiga ega bo‘lgan. Biroq, yozda u koronavirus bilan og‘rib, bir oydan ko‘proq kasalxonada yotgan. Ayol avgust oyi oxirida vafot etgandi.

Marhumning oilasi Ansam Manuelning saylovchilari uni xotirasiga va hurmat belgisi sifatida qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlaganlar. Ko‘pchilik nima bo‘lganini hatto bilmas edi va nomzodning ismi byulletenlardan chiqarib tashlanmagan.

Parlamentdagi o‘rinni Ansamdan keyin eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod egallaydi.

Iroq parlamentiga saylovlar 2022-yilga belgilangan edi, lekin ular 2019-yil oxirida hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin muddatidan oldin o‘tkazilgan. Oliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning eng kam ishtiroki 10-oktabr kuni Bag‘dodda qayd etilgan - atigi 30 foiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring