Koronavirus Bolgariya bosh vaziri ofisigacha kirib bordi
Bolgariya bosh vaziri ofisining rahbarida koronavirus aniqlandi, shu boisdan hukumat rahbari ham karantinga ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Novinite» portali xabar berdi.
«Bosh vazir Boyko Borisov ofisining rahbari Denitsa Jeleva koronavirusga topshirgan test musbat chiqdi. Bosh vazirning testi manfiy, biroq u ham karantinda», — deyiladi xabarda.
Bolgariya delegatsiyasi Bryusseldan qaytganidan so‘ng Jeleva koronavirusga topshirgan test musbat chiqdi. Borisovning takroriy testi ham manfiy chiqqan.
Ma’lumot uchun: «Worldometer»ga ko‘ra, Bolgariyada koronavirusni yuqtirganlar jami soni 10 123 nafarga yetgan, sog‘ayganlar — 5 252 nafar, vafot etganlar — 337 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter