Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand qiroli generalga uylanishini e’lon qildi

Tailand qiroli generalga uylanishini e’lon qildi

Foto: «Google.com»

Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘z sevligisi, general Sutxidaga uylanishini e’lon qildi.

66 yoshli qirol toj kiyish marosimidan bir necha kun oldin o‘z qarorini ma’lum qilgan. Uning taxtga o‘tirish marosimi 4-6 may kunlari o‘tishi rejalashtirilgan. O‘sha kuni qirol yuradigan ko‘cha bo‘yiga 150 ming fuqaro chiqishi kutilmoqda.

40 yoshli Sutxida qirolning shaxsiy tansoqchilari boshlig‘i hisoblanadi. U ilgari Thai Airways aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlagan. Keyinchalik esa valiahd shahzoda Vachiralongkornning oilasini qo‘riqlash xizmati boshlig‘i vazifasini o‘tay boshladi. Rama X unga Tanuing (xonim) unvonini ham taqdim etgan.

Avvalroq qirol saroyi mulozimlari Sutxida va Rama X o‘rtasidagi munosabatlarga doir barcha xabarlarni inkor etib kelayotgan edi. Qirol avval uch marta uylangan, uning yetti nafar farzandi bor.

Maxa Vachiralongkorn 2016 yilning 1 dekabrida Rama X nomi ostida Tailand taxtiga o‘tirishi rasman ma’lum qilingan edi. U mamlakatni 70 yil boshqargan otasi Pxumipon Adulyadetaning (Rama IX) o‘rnini egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring