Ko‘rinmas haykalni 15 ming yevroga sotib olishdi
Italiyalik rassom Salvatore Garau dunyodagi birinchi ko‘rinmas haykalni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Italiyadagi Art-Rite auksionida san’at asari o‘z xaridorini topdi.
Fikrlar va quvvat makonidan yaratilgan haykal 15 ming yevroga (taxminan 190 million so‘m) sotildi.
Muallif san’at asarini I am («Men») deb nomlagan. U yangi egasiga haykalni ochiq havodagi bo‘sh joy, to‘siqlarsiz xususiy uyga joylashtirishni tavsiya qildi. Garau, shuningdek, ijod mahsuli o‘lchamlari 150x150 santimetr ekanligini ma’lum qilgan.
Garau kim oshdi savdosining muvaffaqiyatli natijalari bo‘shliq quvvatga to‘la makon ekanligini isbotlashini ta’kidladi.
«Geyzenbergning noaniqlik mezoniga ko‘ra, uni bo‘shatganimizda, hech nima qolmagan taqdirda ham, bu «hech narsa» o‘z qiymatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun u kondensatsiyalanadigan va zarrachalarga, ya’ni bizga aylanadigan energiyaga ega», —deya qo‘shimcha qildi rassom.
Xaridorga nomoddiy haykalga egalik guvohnomasi taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter