Koreyada vertolyot halokatga uchradi
Janubiy Koreyaning Pxoxan shahri yaqinida harbiy dengiz kuchlariga tegishli vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda «Renxap» agentligi ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ekipaj a’zolaridan yana bir kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan.
«MUH-1» rusumli amfibiya-vertolyot mashg‘ulot parvozi vaqtida qulagan.
Vertolet uchish-qo‘nish chizig‘iga 10 metr balandlikdan qulagan.
Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Surishtiruv guruhi hodisa bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter