Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongressmenlar anjumandagi «qilig‘i» uchun Baydenning iste’fosini talab qilishdi

Kongressmenlar anjumandagi «qilig‘i» uchun Baydenning iste’fosini talab qilishdi

Foto: «Exp.idk.ru»

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan matbuot anjumani paytida uxlab qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.

Kongress a’zolari Isroil bosh vaziri Naftali Bennett bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Jo Baydenning uxlab yotgan videosini tanqid qilishdi. Bu haqda Life Life nashri xabar bermoqda.

Ular Twitterdagi sahifalarida prezidentning xatti-harakatlarini qoralabgina qolmay, balki uning iste’fosini ham talab qilishgan.

«Jo Baydenni darhol bo‘shating! Mamlakatimiz xavf ostida», — deb yozadi ulardan biri.

«Uyg‘oning, Jo. Iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizaga imzo chekishingiz kerak», — deya e’tiroz bildirgan boshqasi.

Avvalroq CNN muxbiri Deniyel Deyl Twitterda uxlab yotgan AQSh prezidenti haqidagi xabarni «bema’nilik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden nafaqat uyg‘oq, balki suhbatdoshiga «darhol javob qaytargan».

Matbuot anjumanidan olingan videoda Bayden Bennett oldida ko‘zlarini yumib, qo‘llarini tizzasiga qo‘ygan holda jim va harakatsiz o‘tirgani aks etgan.

2020-yilgi prezidentlik saylovlarida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Baydenni «uyquchi Jo» deb hazillashardi. U o‘sha paytda Demokratlar partiyasidan nomzodning DI kanaliga bergan intervyusini misol tarqasida keltirgan. Jurnalist uni uyg‘otishga har qancha urinmasin, Bayden uyg‘onmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring