Kolumbiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Isroil hukumatini G‘azo sektoridagi genotsidda aybladi. Shu munosabat bilan u Kolumbiya 2 maydan boshlab Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzishini ma’lum qildi.
Kolumbiya prezidenti bir necha bor Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga qarshi chiqqan. U, xususan, bu haqda Xalqaro sudning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgandi.
Fevral oyida Gustavo Petro G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroildan qurol sotib olishdan voz kechilganini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter