Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevga raketa hujumi uyushtirildi, portlashlar yuz berdi

Kiyevga raketa hujumi uyushtirildi, portlashlar yuz berdi

Kiyevda Rossiyaning navbatdagi raketa hujumini qaytaruvchi havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda. Mahalliy aholining xabar berishicha, shaharda portlashlar yuz bergan.

«O‘z xavfsizligingiz haqida qayg‘uring — havo hujumi signali paytida boshpanalarda qoling», — deya xabar beradi viloyat ma’muriyati.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari Jitomir va Rovne viloyatlari havo hududida qayd etilgan raketalar yo‘nalishini o‘zgartirib, Kiyev tomon uchib ketgani haqida xabar bergan.

«X-47M2 «Kinjal» aeroballistik raketalarining Kiyev yo‘nalishida uchirilishi qayd etildi», — deb xabar qildi Harbiy havo kuchlari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5 da.

Bir necha daqiqadan so‘ng Ukraina poytaxtida raketalarning takror uchirilishi qayd etildi.

Kiyev meri Vitaliy Klichko raketa hujumining ilk oqibatlari haqida gapirdi.

Ukraina poytaxtining bir qancha tumanlarida rus raketalari qoldiqlari turar-joy binolari, korxonalar, bolalar bog‘chasi va avtomobillar ustiga tushgani qayd etildi, dedi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko.

Svyatoshinskiy tumanida raketa qoldiqlari bolalar bog‘chasi va turar-joy binosi ustiga tushdi. Bir ayol yaralangan.

Shevchenko tumanida avtomobillar va turar-joy binosidagi xonadon yonmoqda. Uch kishi jarohatlangan.

Podolsk viloyatida ikki korxona hududiga raketalar qoldiqlari tushdi. Shuningdek, transformator podstansiyasi va ikki qavatli noturarjoy binosida ham yong‘in sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, turar-joy binosining tomi yonmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring