Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevda motam e’lon qilindi

Kiyevda motam e’lon qilindi

Kiyevda juma kungi yirik raketa hujumlaridan keyin qurbonlar soni ortdi.

«29 dekabr kuni poytaxtga qilingan hujumda tinch aholi o‘limi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Shevchenko tumanidagi ombor binosi vayronalari ostidan hozirga qadar 16 nafar jasad topildi», — deb yozdi shahar meri Vitaliy Klichko. Uning aytishicha, 1 yanvar poytaxtda motam kuni bo‘ladi.

Rossiyaning rekord darajadagi raketalari va uchuvchisiz uchoqlari zarbasiga uchragan Zaporoje, Dnepr va Odessa shaharlarida ham 2024 yilning birinchi kunida motam marosimlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi. Hujumlarda qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 39 kishiga yetdi.

Hodisaga munosabat bildirgan Zelenskiy Ukraina javob zarbasi berilishini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring