Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Kiyevda ketma-ket portlashlar bo‘lmoqda

OAV: Kiyevda ketma-ket portlashlar bo‘lmoqda

Arxiv foto.

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida portlashlar ovozi eshitilmoqda. Shaharda havo hujumidan ogohlantiruvchi mudofaa signallari ishga tushgan. 

TCN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda portlash ovozlari tinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kreml matbuot xizmati 3 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti qarorgohiga dron uchirilgani, va bu Vladimir Putinga qarshi qaratilgan suiqasd ekanini ma’lum qilgandi va hujumda Ukrainani ayblab chiqqandi.

Ukraina tomoni, shaxsan prezident Vladimir Zelenskiy mazkur ayblovni rad etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring