Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevda 32 elchixona faoliyatini tikladi

Kiyevda 32 elchixona faoliyatini tikladi

Foto: «Anadolu Agency»

Ukraina poytaxti Kiyevga 32 elchixona qaytib, diplomatik faoliyatini tikladi. Hozirda mamlakat hukumati ularni yaxshiroq qo‘riqlash choralarini ko‘ryapti.

Bu haqda xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini qo‘riqlash bo‘yicha 22-alohida brigada komandiri Vitaliy Stetsik bayonot berdi.

Milliy gvardiya ushbu obyektlarni qo‘riqlash va mudofaa qilish tartibini qayta ishlab, patrul xizmatiga zirhlangan texnikalarni qo‘shdi. Qo‘riqlovchi shaxsiy tarkib yaqin va uzoq masofali o‘t ochar qurollar hamda tanklarga qarshi zarba beruvchi qurollar bilan ta’minlandi, dedi Stetsik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring