«Kerak bo‘lsa AQShni ham...»: rossiyalik amaldor tahdidli bayonot berdi
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning aytishicha, mamlakat o‘z mavjudligiga tahdid tug‘ilganda har qanday raqibni, shu jumladan AQShni ham yo‘q qilishga qodir.
Bu haqda amaldor «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Rossiya sabrli va hech kimni harbiy ustunligi bilan qo‘rqitmaydi. Ammo u har qanday dushmanni, shu jumladan Qo‘shma Shtatlarni ham uning mavjudligiga tahdid bo‘lgan taqdirda yo‘q qilishga qodir zamonaviy noyob qurollarga ega», — dedi Patrushev.
Uning ta’kidlashicha, amerikalik siyosatchilar «Rossiyaga qaqshatqich zarba berish» mumkinligiga ishonishadi, ularning fikricha bu holda ruslardan javob bo‘lmaydi.
Patrushev bu farazlarni «ahmoqlik» deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev amaldagi rahbar Vladimir Putinni hibsga olish mamlakatga urush e’lon qilish bilan barobarligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter