«Kavkaz xalqlari Rossiyaning qabih va sharmandali urushida o‘lmasligi kerak» – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Kavkaz, Sibir va Rossiyaning boshqa tub aholisiga murojaat qildi.
«Dog‘istonliklar Rossiyaning qabih va sharmandali urushida o‘lmasligi kerak. Chechenlar, ingushlar, osetinlar, cherkeslar va Rossiya bayrog‘i ostida qolgan boshqa xalqlar, jami 200 ga yaqin xalqlar ham. Sizni Ukrainaga kim yuborayotganini yaxshi bilasiz. Yuboruvchi sizni "Gruz – 200"ga aylantirmoqchi. Nima xohlaysiz? Ishonchim komilki, siz yashashni xohlaysiz. Ishonchim komilki, siz yolg‘onlardan charchadingiz. Ko‘ryapmizki, siz jinoiy safarbarlikka qarshilik ko‘rsatyapsiz, bu bilan Rossiya hukumati o‘z armiyasining barbod bo‘lishiga va o‘zlarining jinoiy buyruqlariga to‘sqinlik qilmoqchi. O‘lmaslik uchun kurashing!» – dedi Zelenskiy.
Bu haqda Ukraina rahbari Kiyev markazidagi Shimoliy Kavkaz milliy ozodlik harakati yetakchisi Imom Shomil (1797-1871) xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik lavhasida oldida turib gapirdi.
Zelenskiy Rossiya boshlagan keng ko‘lamli urush tufayli 58 mingdan ortiq rus askari allaqachon halok bo‘lganini, Rossiya rasmiylari o‘lganlar joyiga yangi odamlarni jo‘natishga urinayotganini, qolganlari esa safarbarlikning “birinchi to‘lqini”ga ergashishini eslatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter