«Katta yettilik» davlatlari Rossiyaga qarshi qo‘shma bayonot imzolashdi
Kuni kecha G7 yetakchilarining onlayn sammiti bo‘lib o‘tdi. Muhokama mavzusi Ukraina va Rossiya bo‘ldi.
Yakunda G7 yetakchilarining qo‘shma bayonoti e’lon qilindi.
Unda qayd etilishicha, «Katta yettilik» davlatlari Ukrainaga harbiy yordam berish va axborot xavfsizligi masalalarida yordam berishda davom etadi.
Shuningdek, yaqin kelajakda qisqa muddatli moliyaviy yordam ko‘payadi.
«Katta yettilik» yetakchilari Rossiya Federatsiyasining harakatlarini Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish deb atadi.
G7 yetakchilari qo‘shma bayonotida quyidagilar keltirilgan:
- Rossiya neftining importini bosqichma-bosqich to‘xtatish yoki taqiqlash;
- Rossiya banklariga nisbatan cheklovlarni davom ettirish;
- Rossiya rejimining o‘z targ‘ibotini (propaganda) yoyishga urinishlarini qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;
- Putinni qo‘llab-quvvatlayotgan va «rus xalqining resurslarini isrof qilayotgan» moliyaviy elita va ularning oilalariga qarshi kampaniyani davom ettirish va kuchaytirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter