Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin qoidalari: bo‘sa uchun 278,50 yevro jarima

Karantin qoidalari: bo‘sa uchun 278,50 yevro jarima

Foto: «Germania.one»

Koronavirusni yuqtirganlar soni ko‘paymoqda. Hukumat hushyor — karantin qoidalarini buzganlar katta-katta jarimalarga tortilmoqda. Vayblingen (Baden-Vyurtemberg)da istiqomat qiluvchi 30 yoshli Chixan O. qoida buzganlik uchun jarima to‘lash nimaligini yaxshi biladi: «Men bo‘sa uchun 278,50 yevro jarima to‘ladim. Biroq bu hali hammasi emas...»

1-aprel kuni Renningenda tezkor ovqatlanish restorani smena boshlig‘i avtohalokatga uchradi. Biroq politsiya e’tiborini to‘qnashuvning o‘zidan ko‘ra Chixan BMWsidagi odamlar soni ko‘proq jalb qildi.

«Politsiyachilar avtomobildagi odamlar sonini sanashga tushdi: bir, ikki, uch. O‘sha vaqtlar uchun haddan tashqari ko‘p», — dedi Chixan. Infeksiyadan himoyalanish to‘g‘risidagi qonunning 73-moddasiga binoan, yigit 150 yevro jarima hamda qo‘shimcha 28,50 yevro to‘lashga majbur bo‘ldi.

Bir hafta o‘tar-o‘tmas yigit navbatdagi sarguzashtga o‘ralashib qoldi: restoran xodimi avtoturargohda yoqtirgan qizi bilan turgandi: «Qayoqdandir do‘stim kelib qoldi. Biz mashinada yana uch kishi bo‘lib qoldik. Politsiya yana bizni qo‘lga tushirdi». Yigit ikkinchi marta 250 yevro va qo‘shimcha 28,50 yevro jarimaga tortildi.

«Bu hayotimdagi eng qimmat bo‘sa bo‘ldi!» — deydi hazillashib yigit.

Chixan — Baden-Vyurtemberg aholisining karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilgan 30 000 kishidan biri. Umumiy jarimalar miqdori 312 255 yevroni tashkil etadi.

«Endi odamlar gavjum joylarga bormayapman. Doimo niqobdaman», — deydi Chixan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring