Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kar yo‘lbars 10 kishini yeb qo‘ydi

Kar yo‘lbars 10 kishini yeb qo‘ydi

Illyustrativ foto

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida eshitmay qolgan yo‘lbars 10 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Noxush hodisa Pilibhit yo‘lbarslar qo‘riqxonasi hududida yuz bergan.

Qo‘riqxona xodimlari tajovuzkor yirtqichni topib, vaqtincha uxlatib qo‘yishdi. Oxirgi ikki oyda odamxo‘r yo‘lbars mahalliy aholiga kamida 10 marta hujum qilgan, 55 yoshli Kedari La’l uning so‘nggi qurboni.

Uxlatib qo‘yilgan yo‘lbarsni tekshirib, salomatligida jiddiy nuqson topishmadi. Faqat ta’qib qilishganida u ovozlarga parvo qilmasligiga guvoh bo‘lishdi. Avtomobillarning baland tovushi va odamlar yo‘lbarsni qo‘rqitish uchun portlatgan petardalar yo‘lbarsni kar qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Yo‘lbarsni yaxshilab o‘rganish uchun hayvonot bog‘iga jo‘natishdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring