Kamerundagi qishloqda 20 kishi, jumladan, 14 bola o‘ldirildi
Kamerun janubidagi qishloqda harbiylar 22 kishi, jumladan, 14 bolani shafqatsizlarcha o‘ldirdi, deya xabar berdi «Frans Press» agentligi.
Hujum juma kuni sodir bo‘lgan. Bu hudud asosan ingliz tilida so‘zlashadi, Kamerunning qolgan barcha qismi fransuzcha gapiradi. Kamerun muxolifati qirg‘in tashkillashtirishda armiyani aybladi.
«Jami 22 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 14 ta bola, jumladan, 11 ta qizcha bor edi», — deyiladi xabarda.
BMT vakili Jeyms Nunanning so‘zlariga, noma’lum kishilar hali 5 yoshga ham to‘lmagan murg‘ak go‘daklarni, bolalarini ko‘tarib ketayotgan ikki nafar ayol va homilador ayolni ham o‘ldirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter